Umumiy Xabarlar

Vidolashuv xutbasi

----19-may, 2026
Vidolashuv xutbasi

Ey odamlar!

Sözlarimni yaxshi tinglang.

Bilmayman, ehtimol bu yildan keyin sizlar bilan bu yerda abadiy yana uchrasha olmasligim mumkin.

Ey odamlar!

Arafa kuni qanday muqaddas kun bo‘lsa, Zulhijja oyi qanday muqaddas oy bo‘lsa, Makka shahri qanday muborak shahar bo‘lsa; jonlaringiz, mollaringiz, or-nomingiz ham shunday muqaddasdir, har qanday tajovuzdan omondir.

Do‘stlarim!

Ertaga Parvardigoringizga yuzlanasiz va bugungi barcha holat va harakatlaringizdan so‘ralasiz. Mendan keyin eski adashganliklarga qaytib, bir-biringizni o‘ldirmang. Bu vasiyatimni bu yerda bo‘lganlar bo‘lmaganlarga yetkazsin. Balki yetkazilgan kishi, bu yerda bo‘lib eshitgandan ko‘ra yaxshiroq tushunib, asrab qolgan bo‘lar.

Do‘stlarim!

Kimning yonida bir omonat bo‘lsa, uni egasiga topshirsin.

Foizning har qanday turi bekor qilindi, oyog‘im ostidadir.

Lekin qarzingizning aslini berishingiz lozim. Na zulm qiling, na zulmga uchrang.

Allohning buyrug‘i bilan foizchilik endi taqiqlangan. Johiliyatdan qolgan bu yomon odatning har qanday turi oyog‘im ostidadir. Birinchi bekor qilgan foizim Abdulmuttalibning o‘g‘li Abbosning foizidir.

Do‘stlarim!

Johiliyat davrida davom etgan qon davo ham bekor qilindi. Birinchi bekor qilgan qon davom Abdulmuttalibning nabirasi Robianing qon davosidir.

Ey odamlar!

Bugun shayton sizlarning bu tuproqlaringizda yana ta’sir va hukmronlik qilish kuchini abadiy yo‘qotdi. Lekin bu bekor qilgan narsalarimdan tashqari kichik deb bilgan ishlaringizda unga ergashsangiz, bu ham uni xursand qiladi. Dinningizni asrash uchun bularni tark eting.

Ey odamlar!

Ayollarning huquqlarini e’tiborga oling va bu borada Allohdan qo‘rqishingizni tavsiya qilaman. Siz ayollarni Allohning omonati sifatida oldingiz; ularning nomus va iffatlarini Alloh nomidan va’da berib halol qildingiz. Sizning ayollar ustidagi huquqlaringiz bor, ularning ham siz ustingizda huquqlari bor. Sizning ayollar ustidagi huquqingiz; ularning oilaviy uyini, yoqtirmagan hech bir kishiga poymol qildirmasliklaridir. Ayollarning ham siz ustingizdagi huquqlari; urf-odatga ko‘ra har qanday oziq-ovqat va kiyimlarini ta’minlashingizdir.

Ey mo‘minlar!

Sizlarga ikki omonat qoldiraman, ularga mahkam yopishsangiz, yo‘lingizdan hech qachon adashmaysiz. Bu omonatlar Allohning kitobi Qur’oni Karim va Payg‘ambarning sunnatidir.

Ey mo‘minlar!

Sözlarimni yaxshi tinglang va yaxshi asrang! Musulmon musulmonning birodaridir va barcha musulmonlar birodardir. Din birodaringizga tegishli bo‘lgan har qanday huquqqa tajovuz qilish halol emas. Faqat ko‘ngil xohishi bilan berilgan bundan mustasno.

Do‘stlarim!

O‘zingizga ham zulm qilmang. Nafsingizning ham siz ustingizda huquqi bor.

Ey odamlar!

Parvardigoringiz birdir. Otangiz ham birdir. Barchangiz Odamning farzandlarisiz, Odam esa tuproqdan yaratilgan. Arabning ajamga, ajamning arabga ustunligi bo‘lmagani kabi; qizil terilining qora ustida, qorani qizil terili ustida ustunligi yo‘q. Ustunlik faqat taqvodadir. Alloh huzurida eng aziz bo‘lganingiz, Undan eng ko‘p qo‘rqadiganingizdir.

Ey odamlar!

Janobi Haq har bir haqdorga haqini bergan. Har kim o‘z qilgan gunohidan javobgardir. Ota o‘g‘lining, o‘g‘li ham otasining gunohidan javobgar emas.

Diqqat qiling! Bu to‘rt narsani mutlaqo qilmang:

Allohga hech narsani sherik qilmang.

Alloh harom va daxlsiz qilgan jonni nohaq o‘ldirmang.

Zino qilmang.

O‘g‘rilik qilmang.

Ey odamlar!

Ertaga mendan sizlar haqida so‘rashadi. Nima deysizlar?

Ashobul kiram javob berdi:

"Allohning risolatini yetkazding; risolat vazifasini bajarding, bizga vasiyat va nasihat qilding deb guvohlik beramiz."

Rasululloh shahodat barmog‘ini osmonga ko‘tarib uch marta

"Guvoh bo‘l! ey Robbim!

Guvoh bo‘l! ey Robbim!

Guvoh bo‘l! ey Robbim!"

Hazrati Muhammad Sallallohu Alayhi va Sallam

Ushbu maqola sizga yoqdimi?

Do‘stlaringiz bilan ulashing